Pokiston nazoratidagi Kashmir viloyatining bir qismida joylashgan Palandri va Xajira qishloqlari orasidagi trassada avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Avtobusning qulashi oqibatida 16 yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana 29 nafari jarohatlandi. Shulardan 6 nafari og‘ir ahvolda”, – deyiladi xabarda.
To‘y mehmonlarini olib ketayotgan avtobus ichida 50 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Kelin va kuyov avtohalokat paytida avtobus ichida bo‘lmagan.
Izoh (0)