Shveysariyada noma’lum erkak poyezd yo‘lovchilariga pichoq bilan tashlandi hamda yetti kishiga jarohat yetkazdi. Bu haqda The Independent ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Jinoyatchi pichoq va to‘pponcha bilan qurollanganligi ma’lum qilindi. Favqulodda holatning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Politsiya va maxsus xizmatlar poyezdni o‘rab olgan. Ichki ishlar vaziri tezkor yig‘ilish o‘tkazgan.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, hujum oldidan 27 yoshli erkak yonuvchi suyuqlikni to‘kib, uni yoqib yuborgan.
“Yaralanganlar orasida kamida bir nafar bola ham bor”, — dedi Sankt-Gallen politsiyasi vakili Bruno Metsger. Bosqinchi ham yaralanganligi ma’lum qilinmoqda. Uning keyingi taqdiri haqida hozircha ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)