“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionati saralash uchrashuvlaridagi tarkibiga kiritildi. Bu haqda, Argentina futbol uyushmasi xabarnomasiga asoslanib, “TASS” ma’lum qildi.
Ma’lumki, 2016-yilgi Amerika Kubogi finalida Argentina Chilidan mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Messi terma jamoa tarkibidagi chiqishlarini yakunlaganini ma’lum qilgan edi. Ammo kecha, 18-avgust kuni Messi milliy termaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Aytilishicha, Messi milliy termaning yangi bosh murabbiyi Edgardo Bausa bilan suhbatlashganidan so‘ng shunday qarorga kelgan. 29 yoshli futbolchi yaqinda Urugvay va Venesuelaga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Futbolchining qaytishi haqidagi rasmiy bayonot tez kunlarda beriladi.
Izoh (0)