Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armanistonda yaqinda sodir bo‘lgan politsiya binosini va odamlarni garovga olish bilan bog‘liq voqeani misol qilib keltirib, bunday yo‘llar bilan siyosiy masalalarni hal qilib bo‘lmasligini ta’kidladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Serj Azatovich (Sargsyan, Armaniston prezidenti) meni yaqinda Yerevanda bo‘lib o‘tgan, odamlarni garovga olish bilan bog‘liq fojiali voqealardan boxabar etdi”, — dedi Putin armanistonlik hamkasbi bilan muzokaralardan so‘ng.
“Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Rossiya eng boshidan jangarilarning bu aksiyasini qoralab chiqdi. Ichki siyosiy masalalarni noqonuniy, konstitutsiyaga zid yo‘llar bilan hal etishga bo‘lgan urinishlarni qabul qilmaymiz”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)