Iroq poytaxti Bag‘dod janubidagi armiya nazorat-o‘tkazish punktida sodir etilgan portlash oqibatida ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda, Al Jazeera telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bag‘dod xavfsizlik boshqarmasi vakilining aytishicha, ar-Rashid tumanida post yaqinida xudkush terrorchi beliga taqilgan portlovchi uskunani harakatga keltirgan.
Halok bo‘lganlardan tashqari, to‘qqiz harbiy jarohatlangani aytilmoqda.
Izoh (0)