IShID terrorchi guruhi Pokistonning Kvetta shahridagi shifoxonada sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda, India Today nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bu boradagi bayonotni IShIDning Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va Bangladesh hududida faoliyat yuritadigan mintaqaviy yacheykasi tarqatdi. Uning rahbari Hofiz Said Xon Pokiston Toliblarining sobiq dala komandirlaridan biridir.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida 93 kishi halok bo‘ldi, 120 kishi jarohatlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)