Pokiston janubi-g‘arbidagi Belujiston viloyatida yuz bergan portlash oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 8-avgust, dushanba kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Portlash Kvetta shahridagi shifoxonada mahalliy vaqt bo‘yicha 09:50 atrofida yuz bergan. Hodisa yuz bergan paytda noma’lum sababga ko‘ra, mahalliy huquqiy assotsiatsiya vakillari shifoxonada bo‘lgan.
Avvalroq 15 kishining halok bo‘lganligi va 35 kishining jabrlanganligi ma’lum bo‘lgan edi. Asosan jurnalistlar va huquqshunoslar jabrlanganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)