FIFAning futbol qoidalariga bag‘ishlangan nashrini rus tiliga tarjima qilishda tashkilotning o‘zbekistonlik instruktori Farhod Abdullayev va referisi Vladislav Seytlin ishtirok etdi.
O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, ular rus mutaxassislariga yordam bergan.
“Bizda yoqimli xabar bor: Futbol o‘yini qoidalari 2016/2017 rus tilida ham nashrdan chiqdi. Buning ustida ko‘p mutaxassislar ish olib bordi”, — deb ta’kidlagan Farhod Abdullayev turkmanistonlik, qirg‘izistonlik ko‘makchilarga minnatdorchilik bildirgan.
Farhod Abdullayev futbol qoidalarining o‘zbek tilidagi nashri bo‘ladimi yoki yo‘q — oydinlik kiritmagan.
Izoh (0)