Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarga ajratilgan mukofotlar qiymati bo‘yicha reyting e’lon qilindi va unda Singapur 1-o‘rinda qayd etildi.
“Olamsport”ning MoneyNation nashriga asoslanib ma’lumot berishicha, Olimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritgan singapurlik sportchi 745 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritadi. Bu va’da qilingan mukofotlar orasida eng ahamiyatlisidir.
Reytingning kuchli uchtaligidan Xitoy Taypeyi va Ozarbayjon joy oldi. Bu mamlakatlar mos ravishda bitta oltin uchun 628 000 va 510 000 dollardan muokofot belgilagan. Quyida kuchli 10 talik bilan tanishing:
Singapur — 745 000Xitoy Taypeyi — 628 000Ozarbayjon — 510 000Indoneziya — 328 000Tailand — 314 000Qozog‘iston — 250 000Malayziya — 249 000Filippin — 237 000O‘zbekiston — 200 000Italiya — 168 000
Izoh (0)