Ozarbayjondagi o‘q-dori ishlab chiqaruvchi “Oroz” zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “Trend.az” nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qurbonlarning aniq soni ma’lum emas.
Zavod Shirvon shahrida joylashgan. Ayni paytda shahar shifoxonasida 20 nafar jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilmoqda. Ulardan birining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Izoh (0)