Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

21-iyul, payshanba kuni Italiyaning janubiy sohillarini shimoliy Afrika qirg‘oqlaridan ajratib turuvchi Sitsiliya bo‘g‘ozidan o‘tib olishga urinish chog‘ida qirq nafarga yaqin muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda ANSA agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Trend

Foto: Trend

Halokatga uchragan qayiqdan 452 nafar muhojirni qutqarish bo‘yicha operatsiya davomida uning tryumi (kemaning mexanizmlar o‘rnatiladigan va yuk ortiladigan ostki qismi)dan 17 nafar qurbonning jasadi topilgan.

Shu tariqa avvalroq “Chegara bilmas shifokorlar” kemalaridan biri ekipaji tomonidan topilgan 22 kishining jasadi bilan birga jami halok bo‘lgan muhojirlarning soni 39 kishiga yetdi.

Tryumdagi odamlar motor chiqaradigan is gazidan zaharlanib o‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Italiya sohil qo‘riqlash xizmatining ma’lumotiga qaraganda, 21-iyul, payshanba kuni amalga oshirilgan sakkizta operatsiya davomida jami 1 128 nafar muhojir qutqarib qolingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi