Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Harbiy to‘ntarish tarafdorlari Marmara dengizining janubiy qirg‘og‘idagi Geljyuk bazasida Turkiya harbiy-dengiz floti fregatini egalladi. Shuningdek, turk floti qo‘mondoni ham garovga olingan. Bu haqda Gretsiya armiyasidagi yuqori martabali manbaga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

“Yavuz” fregati.

“Yavuz” fregati.
Foto: Reuters

Proto Thema nashriga ko‘ra, F-240 TCG Yavuz qo‘lga olingan. Mazkur fregat kemaga qarshi Harpoon raketalari bilan jihozlangani bildirilmoqda. 

Oldinroq rasmiylar harbiy to‘ntarishda ishtirok etganlikda gumon qilib, turk floti kontr-admirali Najot Atillani hibsga olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinishda 200 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, 2800 dan ortiq harbiy hibsga olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik