Bortida sakkiz kishi bo‘lgan Turkiya harbiy vertolyoti Gretsiyaning Aleksandrupolis shahriga qo‘ndi. Bu haqda News247 nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchilar Gretsiyadan siyosiy boshpana so‘ragan.
Black Hawk vertolyoti avariyaviy qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan. OAV xabariga ko‘ra, vertolyot Turkiya politsiyasiga tegishli. Gretsiyaning ikki F16 qiruvchi samolyoti vertolyotni Demokrit aeroportiga qo‘nguncha kuzatib kelgan.
Havo kemasi bortidagi barcha sakkiz kishi Aleksandrupolis politsiya uchastkasiga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinishda 200 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, 2800 dan ortiq harbiy hibsga olindi.
Izoh (0)