Rio Tinto Britaniya–Avstraliya konserni ko‘mir konidagi ulushini bir Avstraliya dollariga (0,75 AQSh dollari) sotadi. Kompaniya bu borada Terracom firmasi bilan muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi. Bu haqda, Financial Times nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Gap Avstraliyaning Kvinslend shtatida joylashgan Bler-Atoll koni haqida ketmoqda. U Rio Tinto’ning ikkita yapon kompaniyasi bilan tuzgan qo‘shma korxonasidir.
Terracom vakilining bildirishicha, kompaniya Bler-Atoll egalaridan rekultivatsiya ishlari uchun 80 million Avstraliya dollari (59,8 million AQSh dollari) oladi. Kompaniya yilning to‘rtinchi choragida ko‘mir qazib olishni yiliga 2 million tonna darajasida qayta tiklashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)