Saudiya Arabistonidagi YTHda yetti misrlik ziyoratchi halok bo‘ldi, yana 16 nafari turli darajadagi jarohatlar oldi. Bu haqda, respublika TIV ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avtoavariya 2-iyul, shanba kechasi ar-Riyod va at-Toif o‘rtasidagi trassada sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning besh nafari bir oila vakillaridir.
Barcha zarar ko‘rganlar at-Toifdagi shifoxonaga yetkazildi.
Qirollikda istiqomat qilayotgan misrliklar Makkaga umra safari bilan ketayotgan edi.