Liviyada iyun oyi davomidagi teraktlar va harbiy harakatlar oqibatida 18 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi. Bu haqda 1-iyul, juma kuni BMTning Liviyani qo‘llab-quvvatlash missiyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“BMTning Liviyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Missiyasi 1-iyundan 30-iyunga qadar fuqarolar orasida 18 ta o‘lim va 31 ta jarohat olish holatini qayd etdi”, — deyiladi xabarda. Qurbonlardan to‘rt nafari bolalar bo‘lgan.
Missiya odamlarning halok bo‘lishi asosiy sabablari sifatida portlovchi moddalar joylangan avtomobillar qo‘llanilgan teraktlar, aviazarbalar va minomyotdan o‘qqa tutishni keltirib o‘tdi.
Shu tariqa, qurbonlar soni o‘tgan oydagi bilan taqqoslaganda kamayganligi ma’lum qilinmoqda. May oyida Liviyadagi teraktlar va harbiy harakatlar oqibatida 24 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan, 46 kishi jarohat olgan edi.
Izoh (0)