Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerika Kubogi–2016 turnirining ikkinchi yarim finalida Chili terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi. Unda 2:0 hisobida chililik futbolchilar g‘alaba qozondi.

Foto: Twitter / @Emol

Foto: Twitter / @Emol

Bellashuvning 7-daqiqasida Charles Arangis hisobni ochgan bo‘lsa, 4 daqiqada o‘tar-o‘tmas Xose Fuensalida hisobni oshirdi. Jamoalar tanaffusga Chilining 2:0 hisobidagi ustunligi bilan chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishidan avval Chikagoda kuchli yomg‘ir yoqqani tufayli o‘yin to‘xtatildi. Ikki soatda so‘ng ikkinchi bo‘limga start berildi. Biroq muxlislar boshqa gol ko‘rmadi va Chili ishonchli tarzda finalga yo‘l oldi.

O‘tgan yilgi Amerika Kubogi singari bu safar ham final bahsida Chili terma jamoasi Argentina futbolchilariga qarshi bahs yuritadi. Final bahsi Toshkent vaqti bilan 27-iyun tongida bo‘lib o‘tadi.

Amerika Kubogi–2016. Yarim final bellashuvi23-iyun, payshanba

Kolumbiya – Chili 0:2

Gollar: 0:1 – 7 Arangis, 0:2 – 11 Fuensalida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi