The Telegraph nashri tuzgan eng yaxshi ko‘cha ovqatiga ega shaharlar reytingida birinchi o‘rinni Vyetnam poytaxti Xanoy egalladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reytingga jami 16 shahar kirdi. Ular orasida Tokio, London, Nyu-York, Bangkok va boshqalar bor. Reyting g‘olibi — Xanoy haqidagi hikoyaga AQSh prezidenti Barak Obamaning Vyetnamga tashrifi chog‘ida tushirilgan fotosurat ilova qilindi. Suratda Oq Uy rahbari amerikalik oshpaz va teleboshlovchi Entoni Burden bilan birgalikda mahalliy yemakxonalardan birida ovqatlanayotgani aks etgan.
Vyetnam sendvichi — “ban mi”, guruchli suyuq lag‘mon — “fo”, ko‘mirda pishirilgan kotletalar va guruchli vermishel — “bun cha” — bular vyetnamcha an’anaviy taomlar bo‘lib, Xanoyda bo‘lgan odam ularni albatta tatib ko‘rishi lozim, deb ta’kidlaydi reyting mualliflari. Obama Xanoyda bo‘lganida “bun cha”dan yeb ko‘rgan edi. Nashrning ta’kidlashicha, bir oydirki Obama tanovul qilgan taomdan tatib ko‘rish maqsadida ushbu muassasaga tashrifchilar oqib kelmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)