Turkiyaning Istanbul shahri hududida va unga yaqin yerlarda kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkin. Bog‘azichi universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot xulosasi aynan shunaqadir, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hurriyet nashrining bildirishicha, megapolisdan 20 kilometr uzoqroqda kuzatilayotgan tabiiy jarayonlar zilzilaning belgilari sifatida baholanmoqda.
Yevropa Ittifoqi ko‘magida o‘tkazilgan tadqiqot O‘rta Yer dengizi mintaqasidagi eng xavfli seysmik hududlardan biri Marmar dengizi ekanligini aniqlashga yordam berdi. O‘lchovlarni o‘tkazish va jarayonni monitoring qilish maqsadida tadqiqot yeriga zamonaviy jihozlar o‘rnatildi. To‘plangan ma’lumotlar asosida bo‘lajak tabiiy ofatlar modellari ishlab chiqildi.
Monitoring ishlari uch yil davomida olib borildi, to‘plangan materiallar asosida 30 dan ortiq hisobotlar e’lon qilindi, deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)