Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston janubidagi Jambil viloyatining ma’muriy markazi — Taraz shahrida yuz bergan otishmada politsiya xodimi va yana bir kishi jabrlandi, deb yozadi “TASS” viloyat ichki ishlar departamentiga tayanib.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Tarazdagi mitti tumanlardan birida “Borishker” tezkor-profilaktika tadbirlari doirasidagi tekshiruv paytida noma’lum shaxs politsiya xodimiga qarata o‘t ochgan. Politsiyachi uni qo‘lga olish jarayonida yaralagan.

Yovuz niyatli kishi ham, tartib posboni ham kasalxonaga yotqizilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxs politsiya ro‘yxatida turgan. Muassasadagilar aniqlik kiritishicha, u diniy ekstremist emas.

Ayni paytda hodisa sodir bo‘lgan vaziyat va uning barcha ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?