Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda doping qabul qilganlik uchun shaxsiy javobgarlik zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Javobgarlik doim aniq bir shahsga qaratilgan bo‘lishi lozim. Agar oila a’zolaringizdan kimdir huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa, buning uchun oiladagilarning barchasi, jumladan, sizning ham javobgarlikka tortilishingiz adolatdan bo‘ladimi? ‘Toza’ sportchilar nima uchun aziyat chekishi kerakligi menga umuman tushunarsiz. Bu borada ham qandaydir yechim topishimizga umid qilaman. Arazlab, ‘bo‘ldi, doping bilan kurashmaymiz’, deyish niyatimiz yo‘q. Aksincha, doping bilan kurashni yanada kuchaytiramiz”, — deya ta’kidlagan Putin.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyun, juma kuni yengil atletika federatsiyalari xalqaro uyushmasi (IAAF) kengashi rossiyalik sportchilarning 2016-yilda Rio-de-Janeyroda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Shuningdek, Butunrossiya yengil atletika federatsiyasi diskvalifikatsiyasi kuchda qoldirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)