Sarkor Telecom internet provayderi tashqi tarmoqdagi ayrim resurslar, jumladan, “SpeedTest.net”, “AppStore.com”, “WotBlitz.com” singari saytlarning yuklanishida sekinlashish va boshqa muammolar kuzatilishi mumkinligini xabar qildi. Xabarnoma provayderning rasmiy saytida chop etildi.
“Provayder tomonidan muammolar aniqlanmadi. Sizning tarif rejangizda ko‘rsatilgan tezlikni tekshirish uchun ‘Beta.SpeedTest.net’ servisidan foydalaning”, — deyiladi xabarnomada.
Ilgariroq “O‘zbektelekom” AK 14- va 15-iyun kunlarining alohida soatlarida ko‘rsatilayotgan internet xizmatlarining sifati tushishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Izoh (0)