Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni kardiologik operatsiyadan 14-iyun kuni o‘tkazilishi ehtimoli mavjud. Bu haqda, uning shaxsiy shifokori Alberto Dzangrillo bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Berluskonining yuragi operatsiya qilinishi bir muddat ilgari ma’lum bo‘lgan edi.
“Yurakdagi operatsiya 14-iyun, seshanba kuni o‘tkazilishi mumkin”, — deya ma’lum qildi Dzangrillo Milanning “San-Raffaele” shifoxonasida jurnalistlarga.
U Berluskoni o‘zini yaxshi his qilayotganligi va shifoxona taomini rad etmaganligini ma’lum qildi.
Avvalroq Dzangrillo bu kabi operatsiya ochiq yurakda yoki bemorni sun’iy qon aylantirish qurilmasiga ulash orqali amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)