Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi kapalaklar bog‘ida 10-iyun kuni Fransiyada start oladigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati natijalarini Prins yoki Ledi Gaga nomli qurbaqalar bashorat qiladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz mashhur bashoratchi sakkizoyoq Paulga muqobil variant topishga qaror qildik va qurbaqalarni tanladik. Ular ham o‘yin natijalarini taxmin qila oladi. Yekaterinburg aholisiga ikkita qurbaqa – Prins yoki Ledi Gagani tanlashni taklif qildik”, – dedi kapalak bog‘i vakillaridan biri.Qurqabani tanlash so‘rovnomasi 11-iyun kuni, Rossiya terma jamoasi Yevro–2016 turnirida ilk o‘yinini o‘tkazadigan kun yakuniga yetadi. Bog‘ xodimlari so‘rovnoma durang bilan yakunlanib, har ikki qurbaqa Yevro–2016 o‘yinlari bashoratlarini amalga oshirishi mumkinligini inkor etmayapti.
“Uchrashuv natijalarini aniqlash uslubi o‘rganib chiqilmoqda. Terma jamoalarning peshlavhasi o‘rnatilishi ehtimoldan xoli emas. Qurbaqa qaysi peshlavha tomon sakrasa, o‘sha jamoa g‘olib bo‘ladi”, – deya qo‘shimcha qildi bog‘ vakillaridan biri.
Qayd etilishicha, qurbaqa bashoratni to‘g‘ri topsa, bayramona kechki ovqat beriladi.
Izoh (0)