Kanadaning Ontario provinsiyasida yashovchi noma‘lum fuqaro eng ommabop lotereyalardan biri “49 dan 6” da 7 million Kanada dollari (5,4 million AQSh dollari) yutib oldi. Bu haqda 5-iyun, yakshanba kuni Atlantic Lottery assotsiatsiyasi vakili ma‘lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Tashkilotchilarning aniqlik kiritishicha, yutuq chiqqan raqamlar — 3, 4, 6, 10, 18 va 26, bonus son — 14. Bundan tashqari, yana bir omadli fuqaroga “tasalli beruvchi” sovrin sifatida 1 million Kanada dollari (770 ming AQSh dollariga yaqin) yutuq chiqqan. Ikkinchi yutuqli chipta Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida sotilgan.
May oyi oxirida Yangi Shotlandiya provinsiyasi fuqarosi shu lotereyada 9,8 million Kanada dollari (7,54 million AQSh dollari) yutib olgan edi, “tasalli beruvchi” chipta esa Ontarioda sotilgan.