Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Andijon viloyati hokimligi hamkorligida O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlarining X an’anaviy respublika ko‘rik-festivali tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Mustaqillikning 25 yillik bayrami arafasida Andijon shahrida qo‘g‘irchoq teatrining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino “Bunyodgarandservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan zamonaviy arxitektura asosida bunyod etildi. Binoning birinchi qavatida qahvaxona, 300 o‘rinli tomosha va mashg‘ulotlar o‘tkazish zallari, san’atkorlar uchun xizmat xonalari, qo‘g‘irchoqlar tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus ustaxona, tikuv sexi, kiyinish, yuvinish xonalari, ikkinchi qavatida ma’muriy xonalar joylashgan. Binoning old tomonida bayram tantanalari o‘tkazishga mo‘ljallangan keng maydon barpo etilgan, bolalar uchun attraksionlar o‘rnatilgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Festival doirasida qo‘g‘irchoq teatrlari faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Dramaturglar bilan teatr jamoalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, badiiy yetuk asarlar yaratish, bunda bugungi tezkor davr bolalarining dunyoqarashi, orzu-intilishlarini inobatga olish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Ko‘rik-festivalda O‘zbekistonning turli viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan professional qo‘g‘irchoq teatrlari ijodiy jamoalari rang-barang mavzu va janrlardagi spektakllarini namoyish etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)