Rossiya va Saudiya Arabistoni 2014-yil iyunidan 2015-yil iyuniga qadar bo‘lgan davrda AQSh aktivlariga kiritmalar hajmini 50 milliard dollarga qisqartirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
31-may kuni AQSh moliya vazirligi chop etgan ma’lumotlardan ko‘rinishicha, Rossiyaning AQSh qimmatbaho qog‘ozlariga kiritmalari 2014-yil iyuniga nisbatan 42,1 milliard dollarga kamayib, 115 milliard dollardan 72,9 milliard dollargacha tushib ketgan. Saudiya Arabistonida bu ko‘rsatkich 10,5 milliard dollarga kamayib, 194,2 milliard dollardan 183,8 milliard dollargacha tushib ketdi.
Rossiya investitsiyalarining AQSh iqtisodiyotidagi ulushi qisqarishi dunyo davlatlari o‘rtasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Saudiya Arabistonidagi tushish esa faqat Yaponiyaning ko‘rsatkichlaridan ortda qolmoqda — Yaponiya investitsiyalari 14 milliard dollarga kamayib, 1,917 trillion dollardan 1,903 trillion dollarga tushib ketdi.
Izoh (0)