Joriy yilgi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumini BMT bosh kotibi Pan Gi Mun va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ochib beradi. Bu haqda, forum tashkilotchisi — “Roskongress” jamg‘armasi boshqaruvi raisi Sergey Prixodkoning so‘zlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Tantanali ochilish marosimi 16-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy mehmonlardan Pan Gi Mun, Jan-Klod Yunker hamda Gvineya prezidenti Alfa Konde ishtirok etishi kutilmoqda.
17-iyun kuni o‘tkaziladigan plenar yig‘ilishda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev va Italiya bosh vazir Matteo Rensi qatnashadi.
Izoh (0)