Afg‘oniston HHK aviazarbasi tufayli “Tolibon”ning 10 nafar komandiri yo‘q qilindi
Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon viloyatida mamlakat harbiy-havo kuchlari aviazarbasi natijasida “Tolibon” harakatining kamida o‘n nafar dala komandiri yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Havo hujumiga jangarilar to‘plangan manzil nishon bo‘lgan. Buning natijasida o‘n nafar dala komandiri o‘ldirildi, yana biri og‘ir yaralandi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar