Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajakdagi rejalari xususida gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“Aniqki, men Madridda qolishni istayman. Shu yerda faoliyatimni tugatmoqchiman. Chempionlar ligasidan keyin shartnomani cho‘zish deysizmi? Ko‘ramiz. Men ‘Real’da baxtliman va bundan yaxshiroq boshqa klub ko‘rmayapman”, — dedi u.
31 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2018-yilning yozida tugaydi. U 347 ta o‘yinda 364 ta gol urishga erishgan.
Izoh (0)