Moskvada bank bo‘limini garovga olgan erkak muzokarachi niqobi ostida kelgan maxsus xizmat guruhi xodimi tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda, huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Tezkor javob qaytarish otryadi askari fuqarolik kiyimida muzokarachi ko‘rinishida bankka kirgan. Muloqot davomida u xizmat qurolidan foydalanib, jinoyatchini zararsizlantirgan.
Turar-joy binosida joylashgan bankni garovga olgan bosqinchida portlovchi qurilma bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumot uni zudlik bilan zararsizlantirish haqidagi qarorni qabul qilishga sabab bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari Moskva sharqidagi bankka bosqinchilik uyushtirilganligi haqida “Interfaks” agentligiga 18-may, chorshanba kuni ma’lum qildi. Mahalliy vaqt bilan 20:40 (Toshkent vaqti bilan 22:40) atrofida Moskva Kredit banki bo‘limiga kirgan erkak unga pul berishlarini talab qilgan. Bank xodimlari “trevoga tugmasi”ni bosishga ulgurgan. Shundan keyin erkak ular bilan ofisda qamalib qolgan.
Keyinroq Moskva IIV Bosh boshqarmasi bank zalidan barcha xodimlar ozod qilinganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)