Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Facebook kompaniyasidagilar ijtimoiy tarmoqning siyosiy noxolisligi haqidagi maqolalar atrofida paydo bo‘lgan shov-shuvni izohladi, deb yozadi TJournal.

Foto: Ubergizmo

Foto: Ubergizmo

10-may kuni qidiruv bo‘yicha Facebook vitse-prezidenti Tom Stoki o‘z sahifasida uning jamoasi Trending Topics’da liberal partiya tomonga yon bosish haqiqatda kuzatilgani bo‘yicha hech qanday dalil topmaganini ma’lum qildi. Stokining so‘zlariga ko‘ra, buni qo‘lda boshqarish “texnik jihatdan amalga oshirib bo‘lmaydigan narsa”.

“Facebook o‘z moderatorlariga har qanday mafkuradagi manbalarni muntazam cheklab qo‘yishga ruxsat ham bermaydi, buni tavsiya ham qilmaydi, va biz asboblarni shunday ishlab chiqqanmizki, bu texnik jihatdan mumkin emas. Shu bilan birga, moderatorlarimizning xatti-harakatlari yozib olinadi va qoidalarga rioya qilmaslik ishdan haydalish bilan tugaydi”, — dedi u.

Avvalroq Gizmodo Facebook’ning yangiliklarni nazorat qilgan sobiq xodimlariga tayanib, ijtimoiy tarmoq ma’muriyati konservativ mushtariylar uchun qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan xabarlar tarqalishini doimiy ravishda cheklab turishini ma’lum qilgan edi. Liberal lagerga taalluqli yangiliklar esa, ular hatto yetarli darajada ommabop bo‘lmasa-da, sun’iy ravishda olg‘a surilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov