Oslo universiteti olimlari atigi yarim soniyada quvvatlanadigan akkumulyator yaratdi
Oslo universiteti olimlari yarim soniyada quvvatlanadigan, biroq o‘ta kichik sig‘imga ega akkumulyatorni yaratdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.
Foto: Clean TechnicaProfessor Ola Nilsen va universitet bitiruvchisi Knut Byarne Gangrud to‘yinish tezligini oshirish va qurilma hajmini kamaytirish uchun batareya sig‘imini qurbon keltirishga qaror qildi. Ular jamoat transporti uchun ekologik toza quvvatlanish manbaini yaratishni rejalashtirgandi. Akkumulyatorning bir marta to‘yinishi bekatlar o‘rtasida harakatlanishga yetadi, bekatlarda esa avtobuslar maxsus platformalarda quvvatlantiriladi.
Batareya ustida to‘rt yil mehnat qilgan tadqiqotchilar kelgusida uning uzoq masofalarga ham yetadigan ko‘rinishga kelishi borasida izlanishlarni davom ettirishni mo‘ljallamoqda.
Izoh (0)