Yangi Moskvada elektr poyezdi tomida selfiga tushayotgan o‘smir nobud bo‘ldi
Yangi Moskvada elektr poyezdi tomida selfiga tushayotib o‘smir nobud bo‘ldi. Bu haqda Rossiya IIV transport boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“8-may, yakshanba kuni Silikatnaya bekati kesishmasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, selfiga tushish bilan mashg‘ul bo‘lgan o‘smir halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Favqulodda hodisa joyida tergov-tezkor guruh ish boshladi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar