Ayollar shlyapalarining mashhur dizayneri 96 yoshli Gerta Grouvz London markazida yuk mashinasi g‘ildiraklari ostida halok bo‘ldi. Uning mahsulotlari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II garderobining bir qismiga aylangan edi. Bu haqda, Evening Standard gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Aniqlanishicha, baxtsiz hodisa o‘tgan hafta Britaniya poytaxtining markaziy ko‘chalaridan biri Vigmor-stritda yuz bergan. Keksa ayol Vigmor-xoll zalida bo‘lib o‘tgan konsertdan so‘ng, binodan chiqayotganda uni yuk mashinasi urib ketgan. Jabrlangan ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchi hibsga olinmagan.
Grouvz Venada yahudiylar oilasida dunyoga kelgan edi. Londonda u shlyapalar dizaynerligi bo‘yicha favqulodda karyera qilib, London Hat Company xususiy kompaniyasini ochgan edi.
Izoh (0)