Argentina terma jamoasi sobiq ustozi Alfio Basilening yordamchisi Karlos Dibos mamlakat termasi hujumchisi Lionel Messining diktarorlik sifatlariga ega ekani hamda ba’zi masalalarda individual qarorlar chiqarishini aytib o‘tdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Nafrat, g‘azab va xudbinlik hukmronlik qilayotgan davlatda odamlar o‘z fikrini tushunarsiz tarzda ifoda qilmoqda. Messi terma jamoaga murabbiylarni o‘z tayinlar, futbolchilarni o‘zi taklif qilar edi. Biz hammasini bilamiz va bu Argentina uchun yaxshi emas. Bu masalaga aniqlik kiritmoqchimiz. Simeone qachondir Argentina termasini boshqaradi degan jurnalist va ba’zi odamlarga ishonolmayman. Chunki Messi uni xohlamaydi”, – dedi Dibos.
Qayd etish kerak, Karlos Dibos va “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeoneni qarindoshlik rishtalari bog‘lab turadi.
Ma’lumot uchun, Alfio Basile 2006—2008-yillarda Argentina milliy terma jamoasini boshqargan.