Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQShning Kaliforniya shtati poytaxti Sakramentoda og‘riq qoldiruvchi dorilar dozasini oshirib yuborganligi tufayli 12 kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda 27-aprel, chorshanba kuni ABC telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

Foto: EPA

Foto: EPA

“Sakramentoda kamida 12 kishi Norco og‘riq qoldiruvchisiga o‘xshash tayyorlangan dorilarni o‘limga olib keluvchi dozalarda qabul qilgan, mart oyi oxiridan beri esa 52 ta zaharlanish holati qayd etilgan. Qalbaki dorilar San-Fransisko bo‘g‘ozi hududida ham aniqlangan. Mahalliy klinikalarga ularni qo‘llagandan so‘ng nafas olish qiyinlashishi, ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan yetti kishi murojaat etgan. Dorilarda kuchli opiyli analgetik — fentanil aniqlangan”, — deya xabar bergan telekanal.

Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi maxsus agenti Keysi Rettigning bildirishicha, fentanil Xitoyda ishlab chiqarilib, Meksikaga yuboriladi va bu yerdan chegara orqali AQShga o‘tkaziladi. Narkosavdogarlar esa uni geroin bilan aralashtirib, narkotik ko‘rinishida sotadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi