Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 8-aprel, juma kuni 34 yoshini qarshi olgan qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deb xabar beradi “Sport-Ekspress”.
“Qirollik klubi”ning portugaliyalik hujumchisi Golovkinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga dastxati tushirilgan “Real” futbolkasini sovg‘a qildi.Avvalroq WBA, IBF, IBO va WBC versiyalari bo‘yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkin 31 yoshli Krishtianu Ronaldu uning sevimli futbolchisi ekanini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, qozog‘istonlik bokschi professional boksdagi faoliyati davomida 34 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan (31 tasida nokaut — bilan).
Izoh (0)