Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi hamda Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 2015-yilda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda AFP’ga tayangan holda “TASS” xabar beradi.
Argentinalik hujumchi 2015-yilda 74 million yevro daromad topib, 2014-yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkichni 9 million yevroga yaxshiladi va peshqadamlikni saqlab qoldi.
Ikkinchi o‘rinni “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu egalladi. Portugaliyalik futbolchi 2015-yilda 67,4 million yevro ishladi. 43,5 million yevro daromad bilan “Barselona”ning boshqa bir hujumchisi Neymar kuchli uchlikdan joy oldi.
Qayd etish joiz, daromad topish bo‘yicha kuchli uchlik yetakchilari 3 yildan buyon o‘zgarmay kelmoqda.
Futbolchilarning daromadlarini hisoblashda soliq va ijtimoiy to‘lovlar undirilishidan oldingi maoshi, bonus va reklama shartnomalaridan tushgan pullar inobatga olingan.