Instagram foydalanuvchilarga 60 soniyagacha bo‘lgan videoroliklarni joylashtirish imkoniyatini beradi. Bu haqda servis blogida ma’lum qilingan, deya xabar qiladi “RBK”.
Kompaniyaning bildirishicha, keyingi olti oy mobaynida Instagram orqali video ko‘rayotganlar soni 40 foizga oshgan. Yangi funksiyani ayrim foydalanuvchilar 29-mart, seshanbadan boshlab ishlatishi mumkin. Yaqin oylar ichida esa undan ijtimoiy tarmoqning barcha mijozlari foydalanadi.
Ma’lumot uchun, hozirda Instagram’da 3 dan 15 soniyagacha bo‘lgan videoni joylashtirsa bo‘ladi.
Izoh (0)