O‘zbekiston Milliy paralimpiya uyushmasi Bosh kotibi Omon Gafurov Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi taklifiga binoan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya uyushmasi “Daryo”ga xabar berdi.
Tashrif mobaynida Omon Gafurov Rossiya paralimpiya qo‘mitasi raisi Vladimir Lukin hamda Rossiya paralimpiya sportining mas’ul vakillari, murabbiy va sportchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya paralimpiya qo‘mitalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, shu jumladan, paralimpiya sportida ilmiy-o‘quv mashg‘ulotlar, paralimpiya sportiga oid adabiyotlar, xususan, yengil atletika, suzish, dzyudo, o‘q otish va og‘ir atletika sport turlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkillashtirish va malakali murabbiylar jamoasini jalb etish sohalari bo‘yicha hamda istiqbolli rejalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Izoh (0)