Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

24-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

1. O‘zbekiston terma jamoasi Filippin bilan o‘yinda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. “Daryo” tashkil etgan so‘rovnomada qatnashgan mushtariylarning 30 foizdan ortig‘i haq bo‘lib chiqdi — O‘zbekiston 1-taymda gol urolmadi.

2. Suriya armiyasi Palmiraga kirdi. Avvalroq Suriya armiyasi Palmira yaqinidagi barcha asosiy balandliklarni egallab olgani va 24-mart kuni shaharni egallashga va’da bergani haqida xabar berilgan edi.

3. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan litsenziyasiz taksichilar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Xabar berishlaricha, nazorat tadbirlari noqonuniy ravishda kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olishga xizmat qilmoqda.

4. Toshkentda Temiryo‘l muzeyidan eski ToshMIgacha bo‘lgan tramvay relslarini demontaj qilish ishlari boshlandi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, 12- va 26-tramvay yo‘nalishlari butunlay yopilishi mumkin.

5. Dunyoda 7 yoshdan kichik 87 million nafar bola qurolli mojarolar sharoitida yashamoqda. YuNISEF tomonidan mojarolar hududida istiqomat qilayotgan bolalarga ularning aqliy rivojlanishiga ko‘mak beradigan sharoitlar yaratishga harakat qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi