23-mart, chorshanba kuni Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Tutilish yarim soya tusiga ega bo‘ladi — Oy Yer soyasining konusiga kirmay, yarim soya hududdan o‘tib ketadi. Shu bois, “Gazeta.uz”ning yozishicha, mazkur hodisani oddiy ko‘z bilan payqab bo‘lmaydi.
Oy tutilishini Osiyo, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerikadan turib, shuningdek, Tinch, Atlantika va Hind okeanlari, Arktika va Antarktidadan kuzatish imkoniyati mavjud. Yevropa va Afrikada osmon hodisasi ko‘rinmaydi, negaki u paytda Oy ufq ortida bo‘ladi.
Oy tutilishi butunjahon muvofiqlashtirilgan vaqti (UTC) bo‘yicha soat 9:39 da, Toshkent vaqti bo‘yicha — 14:39 da boshlanadi; uning maksimal nuqtasi UTC bo‘yicha soat 11:47 ga (Toshkent vaqti bo‘yicha — 16:47), yakunlanishi — 13:54 ga (Toshkent vaqti bo‘yicha — 18:54) to‘g‘ri keladi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi astronomiya instituti xodimlari bergan ma’lumotga qaraganda, Oyning O‘zbekiston hududi uzra chiqishi soat 18:36 da boshlanadi, ilk daqiqalarda esa u hali tog‘ massivlari ortida bo‘ladi. Shuni inobatga olgan holda, shuningdek, iqlim sharoitlari tufayli, o‘zbekistonliklar amalda Oy tutilishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Izoh (0)