Professional boksning superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning muntazam chempioni Lukas Braun o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev bilan bo‘lib o‘tgan jangdan oldin taqiqlangan klenbuterol moddasini iste’mol qilganini inkor etyapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
“Men shu kungacha klenbuterol moddasi haqida hech qanday ma’lumot va tushunchaga ega emasdim. Nima uchun ichilishini ham bilmas edim. Endi bilsam, bu preparat tanadagi yog‘larni eritishi uchun iste’mol qilinar ekan. Superog‘ir vazn toifasidagi bokschi uchun vaznni tashlash kulgili tuyulmayaptimi? Men hamisha har qanday turdagi dopingga qarshi bo‘lib kelganman”, – deya izoh berdi avstraliyalik bokschi.
Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasidagi chempionlik jangi 6-martga o‘tar kechasi, Grozniy shahrida o‘tkazilgandi. Unda o‘zbekistonlik bokschi raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan. Jangdan so‘ng Braundan olingan doping-tahlil natijalari ijobiy chiqqan. Uning qon namunasida taqiqlangan klenbuterol moddasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid:
Izoh (0)