Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Chevrolet Camaro kupesining ZL1 nomini olgan trekli modifikatsiyasini taqdim etdi. Motor nashrining xabariga ko‘ra, ikki eshikli avtomobilning katta premyerasi mart oyining oxirida Nyu-Yorkdagi motor-shouda o‘tkaziladi.
Yangi modifikatsiya 6,2 litrli kompressorli sakkizlik motorga ega bo‘ldi. Bunday kuch qurilmasi Corvette Z06 superkarida 650 ot kuchi, Cadillac CTS-V sedanida 640 ot kuchi muqobilini beradi. Trekli kupeda uning quvvati 640 ot kuchiga tengdir.
Motor olti pog‘onali mexanik yoxud General Motors va Ford tomonidan ishlab chiqarilgan yangi o‘n diapazonli avtomatik transmissiya bilan uyg‘unlikda ishlashi mumkin. 2018-yil oxirida bu o‘tkazmalar qutisi GM konsernining kamida sakkizta modeliga o‘rnatila boshlaydi.
Kupening aerodinamikasi eski modeldan 91 kilogrammga yengilroq bo‘lib, 100 soat mobaynida aerodinamik quvurda sinovdan o‘tkazilgan, shuningdek, trekdagi testlar chog‘ida takomillashtirib borilgan.
Shuningdek, Chevrolet Camaro ZL1 modernizatsiya qilingan mexatron Magnetic Ride Control shassisi, orqa differensialning elektron blokirovkasi, Launch Control tez ishga tushirish funksiyasi, shuningdek, oldinda olti, orqada to‘rt porshenli Brembo tormoz mexanizmlariga ega bo‘ldi.
Chevrolet Camaro ZL1 2016-yil oxirida sotuvga chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Motor nashri mashinaning fotosuratlari jamlanmasini o‘z sahifalarida e’lon qildi.
Izoh (0)