B-2A Spirit ko‘rinmas og‘ir strategik bombardimonchisi AQSh Harbiy-havo kuchlari parkidagi eng qimmatbaho samolyot hisoblanadi, deb yozadi “TASS”. Bunday ma’lumotlar AQSh HHK tomonidan taqdim etilgan reytingda keltirildi, unga aviatsiya parkidagi o‘nta eng qimmatbaho samolyot kirdi.
O‘ntalikka quyidagi samolyotlar kiritildi:
1. B-2A strategik bombardimonchi (1998-yilgi narx-navo bilan 1,16 milliard dollar, bir soatlik parvoz uchun 128 805 dollar sarflanadi);
2. VC-25 samolyoti (1990-yilgi narxda 330 million dolar, 206 337 dollar);
3. B-1B Lancer strategik bombardimonchi (317 million dollar, 58 488 dollar);
4. E-8C JSTARS radioelektron razvedka va nishonni ko‘rsatuvchi samolyot (244 million dollar, 73 234 dollar);
5. E-4B havo qo‘mondonlik punkti vazifasini bajaruvchi samolyot (223 million dollar, 149 253 dollar);
6. AC-130H maxsus operatsiyalar samolyoti (210 million dollar, 173 253 dollar);
7. F-22A Raptor qiruvchisi (143 million dollar, 59 166 dollar);
8. F-35A qiruvchisi (108 million dollar, 42 169 dollar);
9. CV-22B konvertoplani (90 million dollar, 65 684 dollar);
10. B-52H strategik bombardimonchisi (2012-yil narxida 84 million dollar, 67 005 dollar)
Izoh (0)