Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2016-yilda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini moliyalashtirishga davlat budjetidan 2015-yilgiga nisbatan 10 foiz ko‘proq pul ajratilib, moliyalashtirishning umumiy hajmi 11 milliard so‘mga yetadi. Bu haqda Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi ma’lum qildi.

Foto: Wikipedia

Foto: Wikipedia

NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga ko‘rsatilgan 11 milliard so‘mlik summaning 5,23 milliard so‘mlik qismi yoki 47,5 foizi davlat grantlari shaklida yo‘naltiriladi. Bu ko‘rsatkich 2015-yilgiga nisbatan 10,1 foizga ko‘proqdir.

2016-yilda, davlat organlarining buyurtmalaridan kelib chiqib, 2,3 milliard so‘m yoki umumiy mablag‘ning 21 foizi davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida ajratiladi. Davlat subsidiyasi oluvchi tashkilotlarga ajratilayotgan mablag‘ miqdori 3,47 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Qayd etishlaricha, ushbu pullarni maqsadli yo‘naltirish uchun 2016-yilda 60 dan ortiq ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan 6 ta mavzuda davlat grant tanlovlarini e’lon qilish ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi