“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2016-yilning 17-fevralidan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 136,34 dollargacha pasaytirganligini ma’lum qildi.

Foto: “O‘zbektelekom”

Foto: “O‘zbektelekom”

Joriy yilda tariflar bungacha ham arzonlashtirilgan edi. Xususan, 1-fevraldan u 1 Mbit/s uchun 141,94 dollargacha arzonlashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda tariflar 17 marta pasaytirilgan edi. 2015-yilning yanvarida u 1 Mbit/s uchun 259,29 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, dekabr oyida 157,60 dollardan iborat bo‘ldi.