Nike asoschisi Filipp Nayt Stenford universitetiga o‘quv muassasalariga xayriyalar tarixidagi eng yirik summalardan biri 400 million dollar taqdim etdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Nayt tomonidan xayriya qilingan mablag‘lar stipendiyalar dasturi jamg‘armasiga beriladi. Jamg‘armaning maqsadi esa dunyoda yuzaga kelayotgan yanada murakkabroq muammolarni hal etishga qodir dunyoviy yetakchilarning yangi avlodini tayyorlashdan iboratdir.
Dastur Nayt va Stenfordning prezidenti Jon Xennessi sharafiga nomlanadi.
Endilikda Stenford stipendiya jamg‘armasi jami 750 million dollarni tashkil etadi. Har yili mislsiz yetakchilik qobiliyatlarini namoyish qilgan 100 nafar talaba yangi dastur bo‘yicha stipendiyani qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)