Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

22-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: Facebook / Pavel Kravets

Foto: Facebook / Pavel Kravets

1. Toshkent shahri va viloyatida vaqtinchalik propiska ochilgani ma’lum qilindi. 2015-yilning 25-oktabr kunidan buyon fuqarolarni turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish bir muddatga to‘xtatilgan edi.

2. Fevral oxirigacha Buxoro va Surxondaryoda havo harorati +28 darajagacha ko‘tariladi. O‘zbekistonda 23—27-fevral kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

3. O‘zbekistonda kinematografiya to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Ayni paytda O‘zbekistonda kinematografiya sohasidagi davlat siyosati bir qator qonun osti hujjatlari orqali tartibga solinadi, ular muammolarning tor doirasini o‘z ichiga oladi.

4. O‘zbekistonda bolalar ovqatida genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlarni qo‘llash taqiqlanadi. Bundan tashqari, tarkibida modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bor bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish va iste’mol qilishni cheklash ko‘zda tutilgan

5. Toshkentdagi qator ko‘chalar kapital ta’mirlanadi. Toshkentda ko‘chalarning sakkizta alohida qismlarining umumiy boshlang‘ich qiymati 7,562 milliard so‘mga teng kapital ta’miri uchun tanlov savdolarini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)